BMB futzal klubi rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi

Sherzod Nurmatov
25 dek 2024
BMB HOLDING Tasischilar kengashining qaroriga muvofiq BMB futzal klubi prezidenti etib Mamatqulov Aziz Akmalovich va vice-prezident – ijrochi direktor lavozimga Begimov Askar Kutlimuratovich tayinlandi.

"Klubning sobiq Prezidenti Mamatqulov Bekzod Akmalovichga futzal bo'yicha yangi jamoaga asos solib, qisqa fursat ichida uni professional jamoaga aylantirgani, futzal klubi tizimida zamonaviy boshqaruvni shakllantirgani, qolaversa, jamoani mamlakatimizda uch bor ketma-ket O'zbekiston chempioni sovrinini qo'lga kiritishdek mashaqqatli va fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorligimizni bildiramiz", – deyiladi klub xabarida.

Avvalroq bugun, 25 dekabr kuni futzal va sohil futboli federatsiyasi rahbariyati e'lon qilinishi, katta ehtimol bilan ushbu federatsiyaga BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov rahbarlik qilishi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: БМБ матбуот хизмати