"Qizilqum"ning 11, "Andijon"ning 10 nafar futbolchisi koronavirusni o'z tanasidan o'tkazib bo'lgan

Narzulla Saydullayev
13 avg 2020, 09:59
Xabaringiz bor, O'zPFL Komissiyasi Coca Cola Superliganing Toshkentda o'tadigan markazlashtirilgan turlariga jalb etilgan personallarni ro'yxat bo'yicha tekshiruvdan o'tkazmoqda.

Komissiya a'zolari "Qizilqum" klubining 33 nafar futbolchisini Ig G testidan o'tkazdi. Unga ko'ra, navoiyliklarning 11 nafar futbolchisi virusni allaqachon o'z tanasidan o'tkazib bo'lgani ma'lum bo'ldi.

Shuningdek, "Andijon" jamoasida o'tkazilgan test natijalariga ko'ra, 10 nafar futbolchida antitanachalar shakllangani ma'lum bo'ldi. Endilikda ular funkcional holatni aniqlash bo'yicha ko'rikdan o'tishadi.

Kecha Maxsus komissiya "Paxtakor" klubi futbolchilarini ham tekshiruvdan o'tkazdi. Barcha klublar natijalari borasida O'zPFL rasmiy saytida xabar berib boriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz