"Qaldirg'ochlar"ning mehmondagi parvozi davom etadimi?

Iskandarov Abdulaziz
13 avg 2025, 15:15
"Bunyodkor" oldida yana bir jiddiy sinov.

Ilyos Zeytullaev jamoasi bugun Termizda "Surxon" bilan kuch sinashadi. "Bunyodkor" joriy mavsumda mehmonda mag'lubiyat nimaligini bilmayapti. "Qaldirg'ochlar" safardagi 8 ta bahsning 5 tasida g'alaba, 3 tasida durang qayd etdi. Jamoa oxirgi marotaba 2024 yilning 3 noyabr kuni Superliga 23-turida Farg'onada "Neftchi"ga engilgan edi.

Toshkent klubi ayni paytda chempionat turnir jadvalida 31 ochko jamg'argan holda oltinchi o'rinda bormoqda. "Surxon" bilan to'qnashuv 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia