Putin Rossiya - Misr uchrashuviga tashrif buyuradimi?

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2018, 15:58
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ish tartibi unga jahon chempionatining navbatdagi o'yinlariga tashrif buyurish imkonini bermaydi.

Bu haqda uning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi. Shunday qilib, Putin Rossiya va Misr terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni stadiondan tomosha qilmaydi.

"Prezident ertangi o'yinni tomosha qila olmaydi. Putinning ish tartibi juda zich, u o'yinga bora olishini bilmayman, hozircha bu rejalarda yo'q" - deydi Peskov.

Rossiya - Misr uchrashuvi 19 iyun kuni Sankt-Peterburg stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Интерфакс-Россия