PSJ prezidenti: Biz Pogba bilan gaplashmaganmiz

Aziz Tukhtamuradov
9 apr 2014, 21:50
Pari Sen-Jermen prezidenti Nosir Al-Xelayfining aytishicha, jamoa Pol Pogba bilan aloqaga chiqmagan.

U shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Loran Blan o'z ishini davom ettirishini aytib o'tdi.

Biz Pogba bilan gaplashmaganmiz. Mavsum yakunlanganidan keyin o'ylab ko'ramiz.

Blanga ishonamiz. U ishini davom ettiradi deb umid qilaman, – deb aytib o'tdi Al-Xelayfi.

Avvalroq esa, parijliklar Pogba uchun 60 million evro to'lashga tayyor ekanliklari xaqida xabarlar tarqalgan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru