PSJning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2020, 21:35
Fransiyalik sobiq futbolchi Kristof Jalle butsalarini mixga ilishni afzal ko'rdi.

36 yoshli futbolchi o'z intervyusida yuqori saviyada futbol o'ynashga organizmi dosh bera olmayotganini tan oldi. Uning so'nggi klubi "Amen" bo'lgandi. Shuningdek, u PSJ va "Lion" kabi klublar tarkibida ham bo'lgan. Parijliklar bilan u 5 sovrinni qo'lga kiritgan.

Fransiya termasi tarkibida esa 16 o'yinda 1 bora raqiblari postiga yo'l topgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Get French Football News