

Bu haqda "Calciomercato" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, francuz klubi angliyalik futbolchiga yiliga 10 million evro to'lashga tayyor.
Qayd etilishicha, hujumchi jamoani tark etish niyatida emas, ammo parijliklarning katta taklifi uni ehtimoliy transfer haqida o'ylashga majbur qilgan.
Oldinroq PSJ Kilian Mbappening ketishiga hozirlik ko'rayotgani haqida xabar berilgandi. Aytilishicha, fransiyalik hujumchi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan va yozda ketishga qaror qilgan.
Reshfordning MYU bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum APLda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.



