PSJ rahbariyati Neymarga shaxsiy ishi bo'yicha Braziliyaga ketishga ruxsat berdi

Aslanov Jasurbek
11 dek 2017, 18:14
PSJ hujumchisi Neymar bir necha kun jamoa bilan mashg'ulotda ishtirok etmadi.

Fransiya klubi forvardga shaxsiy ishlari bo'yicha Braziliyaga ketishga ruxsat berdi.

"U haqiqatdan ham Braziliyaga yo'l oldi, ammo hozircha uning shaxsiy hayoti haqida ma'lumotga ega emasmiz" - deydi Neymarning agenti.

Neymar diskvalifikaciya tufayli "Lill"ga qarshi Fransiya chempionati uchrashuvini (3:1) o'tkazib yubordi. 16 dekabr kuni PSJ mehmonda "Renn" bilan o'ynaydi. Joriy mavsum braziliyalik chempionatda 12ta uchrashuv o'tkazib, 9ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Noticias ao Minuto