

Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Mbappe PSJni 2024 yil aprel, may va iyun oylari uchun maosh qarzi sabab sudga bergan. Sud klub futbolchiga uch oylik ish haqi, etika bonusi va mehnat shartnomasiga muvofiq tegishli bo'lgan imzo bonusini to'lab bermaganini aniqladi.
Avvaliga Mbappe shartnomaning buzilishi, manaviy zarar hamda bir qator majburiyatlar bajarilmagani uchun 263 million evro talab qilgandi. PSJ esa javob davosi bilan chiqib, jamoaning sobiq futbolchisidan nufuzga etkazilgan zarar, shartnomani vijdonan bajarmagani va Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi bilan kelishuvning barbod bo'lishi sababli 440 million evro talab qildi. Ammo PSJning barcha davolari to'liq rad etildi.
Shuningdek, sud PSJga qarorning to'liq matnini bir oy ichida klub rasmiy sayti bosh sahifasida e'lon qilishga buyurdi.
Kilian Mbappe 2017–2024 yillar davomida parijliklar safida to'p tepgan, so'ngra erkin agent sifatida Madridning "Real" klubiga o'tgan.



