

"Klubimiz Pochettino bilan hamkorlik yakunlanganini tasdiqlaydi. Biz amalga oshirgan ishlari uchun Maurisio va uning murabbiylar shtabiga eng yaxshi tilaklarni bildirib qolamiz", - deyiladi xabarda.
Pochettino PSJda 2021 yilning yanvaridan beri ishlayotgan edi, jamoa 50 yoshli argentinalik qo'l ostida Fransiya chempionatida g'olib chiqdi, shuningdek mamlakat Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.



