Press klub raisi O'FF bosh kotibiga ramziy manodagi muxlislar ishonchini sovg'a qildi (foto)

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2017, 13:50
Ayni damda O'zbekiston telekanalida mamlakat sport sohasiga bag'ishlangan Xalqaro Press-klubining navbatdagi sessiyasi namoyish etilmoqda.

Ushbu sessiyada ishtirok etayotgan O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev sentyabr oyida mamlakat futbolida o'zgarishlar bo'lishini aytdi:

- Avvalam bor JCH-2018 yo'llanmasi uchun kurash olib borayotgan O'zbekiston terma jamoasi haqida gapirmoqchiman. Ha, xatolar bor, ammo bizda mundialga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyati bor. Bugungi kunda mamlakat futbol federatsiyasi va murabbiylar shtabi ushbu vazifani bajarish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Murabbiylar shtabidagi yoki O'FFdagi iste'folar haqida to'xtaladigan bo'lsak, ijro qo'mitasi buyurosi murabbiylar shtabiga ishini oxirigacha bajarishga imkon berdi. Sentyabr oyida hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston futbol federatsiyasining yangi tarkibi tanlanadi. O'zbekistonda futbolni rivojlantirish tizimining yangi koncepciyasi ishlab chiqildi va bu konferenciyada koncepciya tasdiqlanadi. Yangi tuzilma, yangi boshqaruv tarkibi, PFLda o'zgarishlar, bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish. Bu programma 2017-2020 yillarga mo'ljallangan. Bizda nafaqat kattalar terma jamoasi, balki yoshlar va o'smirlar terma jamoasi ham turli turnirlarga tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi mavzusiga qaytadigan bo'lsak, natija uchun faqatgina bosh murabbiy emas, balki O'FF ham javob beradi.

Xalqaro Press-klubi raisi Sherzodxon Qudratxodjaev muxlis taqdim etgan sharni O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaevga topshirdi. Sharga "ishonch" so'zi yozilgan edi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia