Pol Ins: "Ikki yil oldin bu gapni ayta olmasdim: MYU "Liverpul"ni yuta oladi"

Mirjalol Normatov
16 yanv 2021, 17:56
Angliya termasining sobiq futbolchisi Pol Ins "Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdiyu

"Ikki jamoa ham kuchli va g'alabaga erishishga qodir. So'nggi paytlarda jamoalar mag'lub bo'lishdan qattiq qo'rqib o'ynayotganini ko'rishimiz mumkin. Ular faqatgina g'alabani o'ylashmoqda.

Jamoalar o'yinga qanday ruhiy holatda yetib kelishi men uchun qiziq. "Manchester Yunayted" "Liverpul"ni yuta oladigan darajaga yetib keldi, ikki yil oldin bunday deya olmagan bo'lardim.

"Liverpul" - chempion, bu esa ularga qo'shimcha bosim beradi. Ular har bir o'yinda yutishga majburlar. Biroq "Manchester Yunayted" bilan o'yinlar doimo og'ir kechgan.

"Vulverxempton" bilan o'yinda "Yunayted"ning omadi keldi. "Aston Villa" bilan bahsda esa barcha narsa bo'lishi mumkin edi. Ammo "Enfild"dagi o'yin boshqacha bo'ladi", - dedi Ins.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal