Pochettino: "Navbatdagi mavsum Messi uchun atalgan bo'ladi"

Mirjalol Normatov
2 may 2022, 16:51
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ushbu mavsumni yaxshi o'tkaza olmagan Leo Messi haqida gapirdi.

"Messini tanqid qilish adolatsizlik. Uning mahoratiga menda shubxa yo'q. O'ziga kelib olish uchun Messida hamma narsa bor va u buni uddalaydi. Kelasi mavsumda biz umuman boshqacha Messini ko'ramiz. Mavsum Messi uchun ataladi.

Ushbu mavsum saboq olish uchun sarflandi, deb hisoblasa bo'ladi. U yangi liga, yangi jamoadoshlar, yangicha hayot tarziga ko'chib o'tdi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. Bunday katta o'zgarishlar futbolchiga ta’sir o'tkazishi aniq", - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal