

O'zbekiston terma jamoasi avvalgi oydagi reytingdan bir pog'ona yuqorilagan va ayni damda terma jamoa hisobida 131 ochko mavjud.
Takidlash joiz, Osiyo qitasi reytingida O'zbekiston terma jamoasi 10-o'rinni egallagan. Qitaning eng kuchli jamoalari kuchli uchligidan Eron (7), BAA (10) hamda Yaponiya (11) o'rin egallashgan. Undan keyingi o'rinlarda, Ummon (15), Livan (28), Xitoy (37), Tailand (42), Vetnam (52) hamda Bahrayn terma jamoalari borishmoqda.
Plyaj futboli bo'yicha jahon reytingini Rossiya boshqarib turibdi. Rossiyadan keyingi o'rinlarni Portugaliya hamda Braziliya terma jamoalari o'rin olishgan.



