Braziliya Osiyo chempionati finalchisini ayab o'tirmadi

Khoja
8 may 2025
Seyshel orollarida plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati davom etmoqda.

Kecha tunda C va D guruhida ham oxirgi tur uchrashuvlari o'tkazildi va shundan so'ng barcha chorak finalchilar ma'lum bo'ldi. C guruhida Senegal Chili ustidan 7:3 hisobida zafar quchdi. Ispaniya - Taiti bahsida esa 8:3 hisobi qayd etildi.

D guruhida Italiya El Salvador darvozasiga javobsiz 5ta to'p kiritgan bo'lsa, amaldagi jahon chempioni Braziliya Osiyo chempionati finalchisi Ummonni ayab o'tirmadi va 11:1 hisobida g'alabaga erishdi.

8 may kuni bo'lib o'tadigan chorak final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:

Belarus - Eron

Portugaliya - Yaponiya

Senegal - Italiya

Braziliya - Ispaniya

Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati finali 11 may kuni bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia