Pike: "Barselona"ning maqsadi - "Atletiko" ustidan g'alaba qozonish"

Alisher
3 may 2021
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike La Liga 35-tur doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yindan oldin jurnalistlar bilan gaplashdi.

"Jamoa bu o'yinga tayyor. Bizning maqsad - "Atletiko"ni yutish. Hozirda barchasi o'z qo'limizda. Yutish kerak, boshqa natija bizni qoniqtirmaydi", - deydi futbolchi.

"Ko'k-anorranglilar" va "matraschilar" o'rtasidagi o'yin "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

"Atletiko" La Liga 34 turidan so'ng "Barselona"dan 2 ochko ko'p jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Goal