

Xorvatiyalik futbolchi A seriyaning 23-turida “Yuventus”ga (0:1) qarshi bahsdan keyin ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilingan edi. Ushbu masala yuzasida Milan klubi appelyaciya bergandi. Shu sabab bolqonlik futbolchining chetlatilishi ikkita o'yindan bittaga kamaytirildi.
Xuddi ushbu o'yinda “Inter” forvardi Mauro Ikardi hakam o'yinni tugatganidan so'ng to'pni hakam tomonga ataylab tepib yuborgani uchun u ham ikki o'yinlik chetlatish bilan “siylangan” edi. “Inter” rahbariyatining Ikardi borasidagi appelyaciyasi qanoatlantirilmadi. U yaqin ikki turni o'tkazib yuboradi.


