"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz Rostovda uchinchi bo'lishdi

Narzulla Saydullayev
31 avg 2015, 11:28
2001 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat tarbiyalanuvchilarimiz "Viktor Ponedelnik Kubogi"da 3-o'rinni egallashdi.

5-turda "Viktor Ponedelnik akademiyasi" bilan 1:1 natijasi qayd etildi. 5 o'yinda 8 ochko to'plagan Stanislav Kudryashov shogirdlari musobaqada sovrinli 3-pog'onani band etishdi. Chempionlik PAOKka, 2-o'rin "Anji"ga nasib etdi.

Yarim himoyachi Diyor Ramazonov musobaqaning eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida etirof etildi. Turnirning yopilish marosimida afsonaviy futbolchi Viktor Ponedelnikning o'zi ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz