

“Paxtakor” va “Al Sadd” o'rtasidagi bellashuvda xitoylik hakam Fu Ming boshqarib boradi. Ushbu referi hozirgacha “Sherlar” ishtirokidagi bahsda ishlamagan. Klublarimiz qatnashgan uch o'yinda hakamlik qilgan. Ularda 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etilgan.
Mazkur uchrashuv uchun tayinlangan OFK rasmiylari ro'yxati bilan tanishing.
Hakamlar: Fu Ming, Deksin Van, Sinchuan Chen (Xitoy), Muhammad Zaynal Abidin (Malayziya).
Hakamlar nazoratchisi: Maykl Xanania (Falastin).
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston).




