O'zbekistonda bir nechta o'yinga diskvalifikaciya qilingan Mirobidova JCHda ishlaydi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2022, 15:44
O'zbekistonlik hakamlar Jahon chempionati uchrashuvini boshqarib boradilar.

Hindistonda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi Jahon chempionatining "A" guruhidan o'rin olgan Marokash - Braziliya bahsida o'zbekistonlik hakamlar ishlaydi. Uchrashuvda Edita Mirabidova bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga yana bir vatandoshimiz Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida ko'maklashadi.

Mazkur o'yin 11 oktyabr kuni soat 16:00 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Edita Mirobidovaga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 3-bandiga asosan takroriy past natija qayd etgani uchun Ayollar oliy ligasi uchrashuvlaridan 8 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати