Edita Mirobidova ayollar o'rtasida U-20 Osiyo kubogi saralash bahslarida ishlaydi

Mirjalol Normatov
21 fev 2023, 21:48
2024 yilda mamlakatimizda o'tadigan ayollar o'rtasidagi U-20 Osiyo kubogi final bosqichi uchun saralash bahslari boshlanmoqda.

Joriy yilning 8-12-mart kunlari Kambodjada mazkur musobaqa uchun saralash bahslari bo'lib o'tadi. "G" guruhi vakillari Myanma, Malayziya, Pokiston va mezbon - Kambodja final bosqichi uchun kurash olib borishadi.

E'tiborli tomoni, Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan mazkur saralash raundida FIFA hakamimiz Edita Mirobidova ham tayinlov olgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/uzfhm