Edita Mirobidova Myanma - Bangladesh uchrashuvida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2019, 14:52
Avvalroq, o'zbekistonlik ayol hakamlar U-16 Osiyo chempionati saralash bahslarini boshqarish uchun taklif etilgani haqida xabar berib o'tgandik.

Jumladan, Edita Mirobidova va Kristina Sereda Xitoy - Mnyama uchrashuvini boshqarib borishdi.

Bugun 1 mart kuni hamyurtimiz Edita Mirobidova "B" guruhidan o'rin olgan Myanma - Bangladesh uchrashuvida zaxira hakami sifatida ishlaydi. Uchrashuv Yangon shahridagi Mandalar Thiri stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

U-16 Osiyo chempionati saralash bahslari 6 martga qadar davom etadi.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz