
Yigitlar hali uyg'onishgani yo'q. Trabzonda soat hali 9:00 bo'lgani yo'q.
Futbochlilarimizni, o'yingacha, bir qator qiziq narsalar kutib turgani aniq.
Masalan, terma jamoa bosh murabbiyi tomonidan tashkil etilgan so'rovnoma. Unda shunday deyiladi:
6 iyul kuni g'alaba qozonganlar 14 iyul kuni uyga ketishadi. Biz shuni xohlaymizmi? 12 iyul kuni esa Jamshid Iskanderovning gipsini echamiz va 13 iyul kuni Istanbulda bo'ladigan o'yin oxirida maydonga tushiramiz. Xohlasam tushiraman!
Musaev A.
Ushbu fikrni qo'llab-quvvatlab, hozircha ikki kishi imzo chekkan. Oxir-oqibat terma jamoa shifokori ham shu fikrga qo'shilsa kerak.
Xo'sh, bundan tashqari, terma jamoamizning massajchi-shifokori Vasiliy Fyodorovich (Kishkin)dan navbatdagi ajoyib plakat (devoriy gazeta). Bu yerda biz ortiqcha bir so'z qo'sha olmaymiz:
Bugun butun terma jamoa – murabbiylar shtabiyu, futbolchilar, texnik xodimlari rahbarlar – hamma-hammasi bir maqsad yo'lida – bugungi kunning ikkinchi yarmi uchun mo'ljallangan rejalarimiz o'zgarmasligi uchun bor kuch-g'ayrati bilan harakat qiladi. Bunga shubha qilmasa ham bo'ladi.
Shunda hamma xursand bo'ladi: futbolchilar ham, murabbiylar ham, delegaciya a'zolari, rahbarlar… oxir-oqibat, 30 million kishilik xalqimiz!
O'ZBEKISTON YOSHLAR TERMA JAMOASINI QO'LLAB-QUVVATLANG, UNGA OMAD TILANG VA TERMA JAMOAMIZGA ISHONING!