O'zbekiston U-18 terma jamoasi oktyabrda Fransiya, Belgiya va Shotlandiyaga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2018, 19:07
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi turli yoshdagi terma jamoalar uchun bo'lajak musobaqalarga munosib tayyorgarlik olib borish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishda davom etadi.

Avvalroq, O'zbekistonning U-21 va U-14 terma jamoalari Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berib o'tgandik.
 
Otabek G'ulomxo'jaev murabbiyligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida o'tkaziladigan xalqaro musobaqada qatnashadi.
 
Ushbu musobaqada O'zbekiston O'zbekiston U-18 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Fransiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so'nggi o'yin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.
 
Xalqaro musobaqa
Malaga, Ispaniya

 
10 oktyabr Fransiya U-18 – O'zbekiston U-18
 
13 oktyabr O'zbekiston U-18 – Belgiya U-18
 
15 oktyabr O'zbekiston U-18 – Shotlandiya U-18


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz