

Yoshlar yig'inning ikkinchi qismini Turkiyada davom ettiradi. Yig'in doirasida 11 va 14 yanvar kunlari Turkiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, jamoa 2026 yilda U-20 Osiyo Kubogi saralashida ishtirok etadi. 2027 yilda esa Osiyo Kubogi va yurtimiz mezbonlik qiladigan U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik olib boradi.
Bosh murabbiy tomonidan yanvar oyidagi yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:
Shahboz Ismatullaev ("Zomin"), Alishan Abdutalipov ("Olimpik-MobiUz"), Nematulloh Rustamjonov ("Odil Ahmedov FA"), Muhammadali Dilshodbekov ("Paxtakor"), Ozod Odiljonov ("Andijon FA"), Muhammad Hakimov ("Paxtakor"), Shorahim Shorahmedov ("Bunyodkor"), Muhammadali Abdusalomov ("Andijon FA"), Abdulvosit Soliev (OKMK), Ozod Najmiddinov ("Nasaf"), Behruz Erkinov ("Toshkent FA"), Quvonshbek Saydaliev ("Paxtakor"), Mamurjon Zokirjonov ("Namangan FA"), Abdulfayzi Bobomurodov ("Bunyodkor"), Behruz Abdusattorov ("Lokomotiv"), Diyor Tojiev ("G'azalkent"), Abubakir Shukurullaev ("Paxtakor"), Ulug'bek Maratov ("Olimpik-MobiUz"), Sirojiddin Jumadullaev ("Lokomotiv"), Quvonchbek Abraev ("Lokomotiv"), Shohjahon Abdubannobov ("Farg'ona FA"), Davron To'laganov ("Paxtakor"), Diyorbek Tojiboev ("Olimpik-MobiUz")

Avvalroq terma jamoa yanvarda Turkiyada yig'in o'tkazishi va tarkib ma'lum bo'lgani haqida xabar bergan edik.



