O'zbekiston U-18 terma jamoasi nazorat uchrashuvida "Yangier"ni mag'lubiyatga uchratdi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2019, 15:45
Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi "Chig'atoy"da yig'in o'tkazayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Yig'in davomida terma jamoa a'zolari bir qator nazorat o'yinlari o'tkazishmoqda. Jumladan, shu paytga qadar "Lokomotiv" yoshlar jamoasi (0:0) va "Dinamo" (1:1) klublariga qarshi o'yinlar o'tkazib, har ikkisida durang natija qayd etishdi.

Bugun Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari Pro-liga a'zosi "Yangier" jamoasi bilan kuch sinashishdi. O'yin 3:1 hisobida O'zbekistonU-18 terma jamoasining g'alabasi bilan tugadi. Terma jamoamiz tarkibida gollarga Bobur Sobirov, Otabek Jo'raqo'ziev va Abdulla G'aybullaev mualliflik qildi.

Toshkentdagi yig'in 28 martga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz