

Ayni kunga qadar markazning asosiy maydoni foydalanishga topshirilgan bo'lib, unda bir qancha xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari va turli yosh toifasidagi terma jamoalarning mashg'ulotlari o'tkazib kelinmoqda.
Bugunga kelib markazdagi foydalanishga shay bo'lgan obektlar soni kengaydi. Xususan, 4 ta maydon, 2 ta jamoa yashashi uchun sharoit va restoran zamonaviy standartlar asosida tayyor holatga keltirildi. Asker Xalmuratov boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 jamoasi Markazda yig'in boshladi. Shu munosabat bilan O'FA rahbariyati, futbol faxriylari bu yerdagi sharoitlar bilan tanishib, yosh futbolchilar bilan uchrashishdi.
Suhbat davomida mazkur Markaz uzoq yillar davomida O'zbekiston terma jamoalariga xizmat qilishi hamda undan ko'plab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqishiga tilak bildirildi.










