Eshitdik-da! Usmon Toshev O'FAni tark etdi

Iskandarov Abdulaziz
22 noya 2024
Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol Associaciyasi terma jamoalar markazi rahbari Usmon Toshev Afg'oniston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Bu borada savol yuzaga kelgandi. Mutaxassis O'FAdagi faoliyatini davom ettiradimi yoki bor e'tiborini Afg'oniston terma jamoasiga qaratadi? Ma'lumotlarga ko'ra, Usmon Qudratovich O'FAni tark etgan. Unga terma jamoada O'FAdagi yordamchisi Umid Hatamov ham ko'maklashadi. Toshev allaqachon Afg'oniston boshqaruvida 2 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi. O'rtoqlik uchrashuvida qo'shnilarimiz Nepal va Tojikistonga mag'lub bo'ldi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia