

Ushbu o'yinda O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev sariq kartochkalari ikkitaga etgani bois maydonga tusha olmasligi haqida xabar bergandik.
Qatar safida ham bitta shunday yo'qotish bor. Bualem Xuxi Eron bilan bahsda ogohlantirish oldi va bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Xuxi o'tgan yil sentyabr oyida O'zbekiston bilan bahsda ham sariq kartochka olgandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Qatar uchrashuvi 28 mart kuni soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.




