

Saudiya Arabistoni raqiblik qilgan o'yinda vakillarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa o'zbekistonlik o'smirlar 2013 yildan so'ng ilk bor kichik mundialda ishtirok etadi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi so'nggi marotaba 2012 yil Eronda bo'lib o'tgan musobaqada chempionlikni qo'lga kiritib, Jahon chempionati yo'llanma olgan edi.
Ma'lumot uchun, Jahon chempionati shu yilning 10 noyabr - 2 dekabr sanalarida Indoneziyada bo'lib o'tadi.



