
Ushbu hakam hozirga qadar O'zbekiston jamoalari ishtirokidagi 4ta o'yinda ishlagan.
2008 yilgi Olimpiada saralashi doirasidagi Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvida maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchishgan. O'sha o'yinda Uilyams hakamlik qilgandi.
2008 yil yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushgandi. Misrdagi kichik mundialga yo'llanma beruvchi o'yinda hisob ochilmagan va g'olib penaltilar seriyasiga ko'ra aniqlangandi. Ko'pchilikni yodida bo'lsa kerak 120-daqiqada darvozabonimiz Doniyor Usmonov o'z xatosi tufayli qizil kartochka olgan va maydonni tark etgandi. Penaltilar seriyasida esa darvozani himoyachi Murod Xolmuhammedov qo'riqlab bitta zarbani qaytarishga ham erishgandi. Oxir oqibat O'zbekiston Jahon chempionatiga yo'l olgandi.
2010 yilgi Osiyo o'yinlari 1/8 finalida O'zbekiston yoshlari Qatarga qarshi maydonga tushib 1:0 hisobida g'olib bo'lgandi. Nagaevning goli jamoamizni chorak finalga olib chiqqandi.
Uilyams O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinini bunga qadar bir marta boshqargan. O'tgan yil 11 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan.
Avstraliyalik hakam Iordaniyaning uchta o'yinida bosh hakam bo'lgan. JCH-2010 saralashi 3-bosqich doirasida Iordaniya Turkmanistonni qabul qilgan va 2:0 hisobida zafar quchgan. Osiyo kubogi-2011 saralashidan o'rin olgan Tailand - Iordaniya o'yinida hisob ochilmagan. Nihoyat JCH-2014 saralashi 3-bosqich doirasidagi Iordaniya - Singapur bahsida maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishgan.
JCH-2014 saralashi. Pley-off javob uchrashuvi. Toshkent. O'zbekiston.
10 sentyabr, 2013 yil.
O'ZBEKISTON - IORDANIYA
Hakamlar: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Referi assistent 1: Metyu Jeyms Krim (Avstraliya)
Referi assistent 2: Xakan Anaz (Avstraliya)
Zahira hakami: Shtrebe Delovski (Avstraliya)
Nazoratchi: Toru Kamikava (Yaponiya)
Komissar: Sunil Sinavira (Shri Lanka)