O'zbekiston Hindiston bilan so'nggi bor qachon o'ynagan edi? Tarixni varaqlaymiz

Iskandarov Abdulaziz
16 yanv 2024, 19:35
O'zbekistonning Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi navbatdagi raqibi Hidiston terma jamoasi hisoblanadi.

Vakillarimiz Suriya va Avstraliya bilan avvalgi yillarda bir necha bor to'qnash kelgan bo'lsa, Hindiston bilan yaqin yillar ichida o'ynamaganimiz ko'pchilikni qiziqtirib qo'ydi. Rostdan ham bu ikki terma jamoaning oxirgi qarama-qarshiligiga ancha yillar bo'libdi. 

"Oq bo'rilar" Hindiston bilan so'nggi bor 2001 yil "Merdeka" kubogida uchrashgan.  O'sha paytda Vladimir Salkov boshchiligidagi terma jamoamiz 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Gollarga Baxtiyor Hamidullaev va Anvar Berdiev mualliflik qilishgan. 

Hindsiton – O'zbekiston 1:2

Gollar: Vijayan Invalappil Mani 45 – Baxtiyor Hamidullaev 19, Anvar Berdiev 33.

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Oleg Sobirov, Asror Aliqulov, Leonid Koshelev (Bahodir Seytkamolov, 46), Andrey Vlasichev, Aleksandr Xvostunov, Bahodir Annamatov, Fevzi Davletov, Anvar Berdiev, Anvar Soliev, Baxtiyor Hamidullaev (Nematulla Quttiboev, 70)


Bir o'yin tarixi. 2001 yilgi “Merdeka” kubogi. Hamidullaevning oltin goli va Seytkamolovning porlashi 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia