O'zbekiston futzal terma jamoasi mart oyida ikki mamlakat bilan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi

Оқил Абдубарноев
7 mar 2024, 22:27
Bellashuvlarga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.

Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi 15-mart kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

Jamoa yig'in doirasida 19-20 mart kunlari Liviya, 26-28 mart kunlari esa Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Toshkent shahri mezbonlik qiladigan mazkur o'yinlar “Yunusobod” sport majmuasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: futsal.uz