Ouen: "Tottenxem" "Manchester Yunayted"ni mag'lub etadi deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
24 avg 2018, 12:53
"Liverpul", "Real" va "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Maykl Ouen MYU hamda "Tottenxem" o'rtasida o'tkaziladigan APLning 3-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"MYU "Old Trafford"da kuchliroq o'yin ko'rsatishiga umid qilyapman. Ammo "Yunayted" hozir qanchalik kuchli? Tarkibida iqtidorli futbolchilar etarli bo'lgan "Tottenxem"ga qarshi bahsda MYU kerakli natijaga erisha oladimi?

Agar mezbonlar tezkor gol urishmasa, ularga qiyin bo'lishi aniq. "Tottenxem" ham juda kuchli o'yin ko'rsatmayapti, ammo londonliklar maksimal ochko to'plashga erishishdi. Endi ularni muhim test kutib turibdi. Agar bu uchrashuvda kimdir g'alaba qozonsa, menimcha, bu "Tottenxem" bo'ladi" - deydi Ouen.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metro