OTJga kim bosh murabbiy bo'lishini istaysiz? So'rovnoma yakunlari

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2013, 13:55
Bir necha kun davom etgan so'rovnomani bugun yakunlashga qaror qildik.
2523 nafar o'quvchi ishtirok etgan ilk so'rovnomamizda 1168 nafar o'quvchi yangi tashkil qilinadigan O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga Vadim Abramovni bosh murabbiy sifatida ko'rish istagini bildirdilar. 724 nafar o'quvchi esa xorijlik mutaxassis kerak degan fikrda bo'lsa, Aleksey Evstafeev uchun 258 nafar o'quvchi ovoz bergan. Yoshlar terma jamoamizning amaldagi murabbiyi Ahmadjon Musaev 194ta ovoz to'pladi. Futboldan ayro yurgan Inileevni qaytishiga 140 nafar o'quvchi "qo'l ko'targan". O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ustozi  Dilshod Nuralievga esa 58 o'quvchi ovoz berdi.

O'zbekiston OTJga kim bosh murabbiy bo'lishini istaysiz?

1. Vadim Abramov - 1168
2. Chet ellik murabbiy - 724
3. Aleksey Evstafeev - 258
4. Ahmadjon Musaev - 194
5. Rauf Inileev - 140
6. Dilshod Nuraliev - 58

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia