O'tgan mavsum Belarus chempionatida harakat qilgan o'yinchi "So'g'diyona" safini to'ldirdi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2022, 19:19
Yarim himoyachi Abbosbek Jumaqulov Jizzax klubi a'zosiga aylandi.

Erkin agent bo'lib turgan 23 yoshli futbolchi "So'g'diyona" bilan yil so'ngiga qadar mo'ljallangan kelishuv tuzdi. 

Jumaqulov bungacha "Dinamo", "Buxoro" va "Bunyodkor-2" jamoalarida to'p tepgan. U Belarus chempionati vakili "Energetik-BGU" safida 3 ta o'yinda maydonga tushgan va 1 ta golli pas uzatgan.

Avvalroq Abbosbek Jumaqulovning Belarus klubidagi jamoadoshi Shohruh Abdurahmonov ham O'zbekistonga qaytgandi. https://championat.asia/uz/news/shohrux-abdurahmonov-dinamoga-qaytdi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia