O'smirlarimiz ishtirok etishi kutilgan musobaqaga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2014, 16:11
19-26 yanvar kunlari Belorus poytaxti Minsk shahrida o'smirlar (U-17) jamoalari o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik.
Unda 12ta jamoa ishtirok etadi: Ukraina, Qirg'iziston, Litva, Gruziya, Eron, Qozog'iston, Latviya, Turkmaniston, Finlyandiya, Belorus, Moldova. Jamoalar 4ta guruhda bahs olib borishadi.  

"A" GURUHI. Ukraina, Qirg'iziston, Litva.
"V" GURUHI. Gruziya, Eron, Qozog'iston.
"S" GURUHI. Rossiya. Latviya. Turkmaniston 
"D" GURUHI. Finlyandiya, Belorus, Moldova

Minsk turnirida Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining ham ishtirok etishi haqida aytilgandi. Ammo O'FF Terma jamoalar markazi bu xalqaro musobaqaga o'smirlarimizni yuborishni lozim topmadi. O'zi bu yosh toifasida xalqaro turnirlar juda kam bo'ladi. Nazarimizda, boridan ham foydalanish kerak. Yana kim biladi, deysiz...

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia