Osiyo Kubogi. Chorak finalda Janubiy Koreya bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2015, 18:21
O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining uchinchi turida Saudiya Arabistoni terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Shu tariqa, O'zbekiston guruhda ikkinchi o'rinni olib chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Endi jamoamiz 22 yanvar kuni Melburn shahrida "A" guruhida birinchi o'rinni olgan Janubiy Koreya terma jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 18:30da (Toshkentda 12:30) boshlanadi.

Xuddi o'sha kuni Brisben shahrida Xitoy va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi bahs ham bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia