Osiyo futboli yangiliklari. Saudiya Arabistonida ayrim klublar moliyalashtirishdan to'xtatildi, BAA chempionatida katta tanaffus e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
29 apr 2020, 23:13
Saudiya Arabistoni va BAA mamlakatlarida futbol borasida ayrim qarorlar qabul qilindi.

Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistonida Qirollik byudjetidagi tanqisligi sababli ayrim futbol klublari moliyalashtirishdan to'xtatiladi. Hozircha bu qancha vaqt davom etishi ma'lum emas.

BAA Professional futbol ligasi esa mavsum avgust oyiga borgandagina qayta boshlanishini ma'lum qildi. Hozircha ushbu va navbatdagi mavsum o'rtasida tanaffus bo'lishi borasida malumotlar taqdim qilinmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Алишер Никимбаев телерам канали