Osiyo chempioni viloyat hokimi tomonidan taqdirlandi FOTO

Xayrulla Xoliqov
7 fev 2018, 11:44
U-23 Osiyo chempionatida chempionlikni qo'lga kiritgan futbolchilarimizni joylarda taqdirlash davom etmoqda.

Mana shunday ajoyib tadbir Buxoroda ham o'tkazildi. Viloyat hokimi Qorako'l tumanida tug'ilib o'sgan, bugungi kundla "Paxtakor" futbol klubida to'p tepayotgan Suhrob Nurulloevni taqdirladi.

Suhrob Nurulloev hokimiyat vakillari hamda muxlislar tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Unga zarbof to'n va boshqa esdalik sovg'alar taqdim etildi.

Faxriddin Choriev.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia