O'rtoqlik uchrashuvi. “Barselona” “Napoli”ni yirik hisobda taslim etdi

11 avg 2019, 07:25
“Michigan” stadionida (Enn-Arbor, AQSH) kechgan “Barselona”-Napoli” qarama qarshiligida ispaniyalik futbolchilar yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.

Garchi stadionga yig'ilgan muxlislar birini bo'limda birorta ham gol ko'ra olmagan bo'lishsada, tanaffusdan keyin neapolliklar darvozasiga kiritilgan to'rtta golga guvoh bo'lishdi. Uchrashuvning 48-daqiqasida Luis Suares hisobni ochdi. 56-daqiqada Grizmann “Barsa” tarkibida o'zining ilk golini kiritdi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Suares “dubl”ini nishonladi. 63-daqiqada Dembele o'yinga nuqta qo'ydi-4:0.

O'rtoqlik uchrashuvi.

Napoli Italiya – Barselona Ispaniya 0:4 (0:0, 0:4)

Gollar: 0:1 – 48 Suares, 0:2 – 56 Grizmann, 0:3 – 58 Suares, 0:4 – 63 Dembele.

Napoli – Meret, Kirikesh (Luperto, 46), Manolas, Gulyam (Mariu Ruy, 62), Xyusay (Di Lorenco, 62), Elmaz (Zelinski, 46), Fabian Ruis, Verdi (Gaetano, 67), Allan (Insine, 46), Kalexon, Mertens.

Barselona –  ter Stegen, Langle, Semedu (Umtiti, 67), Pike (Vidal, 67), Serji Roberto, Alenya (Artur, 67), de Yong, Dembele (Abel Ruis, 75), Alba, Grizmann (Koutino, 67), Suares (Rafinya, 67).

Ogohlantirish: Semedu (53), Mariu Ruy (73).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia