Onana APL jamoasiga o'tishga qarshi emas

Mirjalol Normatov
26 iyul 2020, 18:17
Kamerunlik posbon o'ziga jamoa izlamoqda.

"Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, "Ayaks" kiperi Andre Onana APL jamoasiga o'tishga qarshi emas. Oldinroq 23 yoshli posbon jamoadan ketayotganini va yangi sarguzashtlarga tayyor ekanligini aytgandi. Oldinroq uning xizmatlariga "Chelsi", "Everton" va "Barselona" kabi klublar tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.

"Transfermarkt" portali futbolchini 36 mln evroga baholagan.

Onana ushbu mavsumda Niderlandiya chempionatida 24 o'yinda 8 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports