

Bu haqda “TEAMtalk” ma'lum qildi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar boshi berk ko'chaga kirib qolgan va amaldagi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan bitimni uzaytirish shartlari bo'yicha hali bir to'xtamga kela olishmagan.
22 yoshli shvetsiyalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsum Fabian Xyurceler jamoasining muhim bo'g'iniga aylandi, biroq uning maoshi o'yinchini qoniqtirmayapti. "Chelsi" anchadan buyon "Brayton"ning yosh istedodlariga qiziqish bildirib kelmoqda va Ayyarini yarim himoya markazini kuchaytirish varianti sifatida ko'rib chiqmoqda.
Agar "Brayton" futbolchini erkin agent sifatida tekinga qo'ldan chiqarmaslik uchun sotishga qaror qilsa, "ko'klar" u uchun taxminan 48 million evro taklif qilishga tayyor. Ayyarining o'zi jamoada qolishga qarshi emas, biroq maoshini sezilarli darajada oshirishni talab qilmoqda. Muzokaralar davom etmoqda, ammo hozircha siljish kuzatilmayapti.
Ayyari 2026/27 yilgi mavsum 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million evroga baholamoqda.



