

“Lokomotiv”ning navbatdagi bellashuvga tayyorgarligi davom etmoqda. Andrey Miklyaev va Mirko Yyelichich shogirdlari mashg'ulotlarni navbati bilan “Lokomotiv” va TTYMI stadionlarida olib borishmoqda. “Mashal” esa o'z tayyorgarligini Yangiyerda davom ettiryapti. O'tgan turni jamoalar ikki xil o'tkazishdi. “Lokomotiv” safarda “So'g'diyona” bilan durang o'ynagan bo'lsa, “Mashal” o'z uyida “Navbahor”ni mag'lub etdi.
4-tur yakunlariga ko'ra, “Lokomotiv” 10 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda boryapti. “Mashal” esa 4 ochko jamg'argan holda 9-o'rinni egallab turibdi. “Lokomotiv” shu paytgacha bo'lib o'tgan 4ta o'yindan uchtasida g'alaba qozondi va bir marta durang o'ynadi. “Mashal” esa bir bor g'alaba va bir bor durang qayd etib, ikki marta mag'lub bo'ldi. “Lokomotiv”da to'plar nisbati 11-4, “Mashal”da esa 5-7.
Oliy liga-2016. “Lokomotiv”ning natijalari:
1-tur. “Navbahor” – “Lokomotiv” 2:3
2-tur. “Andijon” – “Lokomotiv” 1:3
3-tur. “Lokomotiv” – “Neftchi” 4:0
4-tur. “So'g'diyona” – “Lokomotiv” 1:1
Oliy liga-2016. “Mashal”ning natijalari:
1-tur. “Qizilqum” – “Mashal” 3:2
2-tur. “Mashal” – “Metallurg” 1:3
3-tur. “Bunyodkor” – “Mashal” 0:0
4-tur. “Mashal” – “Navbahor” 2:1
“Lokomotiv” safida gol urgan futbolchilar:
Temurxo'ja Abduxoliqov (4)
Sardor Mirzaev (3)
Marat Bikmaev (2)
Sanjar Shoahmedov (1)
Kaxi Maxaradze (1)
“Mashal” safida gol urgan futbolchilar:
Shahboz Erkinov (2)
Zafar To'raev (2)
Shahzod Shaymanov (1)



