"O'lganimda yotib dam olish uchun ko'p vaqtim bo'ladi" - Brunu Fernandesh

Sherzod Nurmatov
2 may 2025, 15:22
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh murabbiy va fizioterapevtlar unga dam olishni maslahat berayotganini ma'lum qildi.

Kuni kecha portugaliyalik futbolchi Yevropa Ligasi yarim final bosqichida "Atletik"ka qarshi o'tkazilgan o'yinda (3:0) dubl qayd etgandi.

"Menejer va fizioterapevt menga sal bo'shashish va dam olish kerakligini aytishadi, lekin men bunga rozi emasman. O'lganimda yotib dam olish uchun ko'p vaqtim bo'ladi", – deya ta'kidladi Fernandesh.

30 yoshli Fernandesh joriy mavsum 52 o'yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 18 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The New York Times