

Uchrashuvda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Bunga qadar OKMK Superligada safarda "Lokomotiv"ni hech qachon mag'lub etmagandi. Olmaliq klubining "temiryo'lchilar" maydonidagi statistikasi: 2 ta durang va 13 ta mag'lubiyat edi.
Shu tariqa, kechagi g'alaba OKMK uchun O'zbekiston chempionati doirasida "Lokomotiv" maydonida qo'lga kiritilgan tarixiy ilk g'alaba bo'ldi.



