OFK yilning eng yaxshilarini aniqladi

Mirjalol Normatov
31 okt 2023, 23:08
Ayni damda OFK Qatarda yilning eng yaxshilarini aniqlamoqda.

Eslatib o'tamiz, ushbu marosimda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi” nominaciyasi “Platinum” yo'nalishida g'oliblikka da'vogarlar qatorida etirof etilgan.

22:15. "Osiyo javohiri" deb Saud al-Mohannadi (Qatar) etirof qilindi. Shu yilning 10 yanvar kuni vafot etgan Saudning sovrinini uning farzandlari qabul qilib oldi.

22:20. "Yilning eng yaxshi federatsiyasi" bo'lish uchun "Yoqut" yo'nalishi g'olibi - Guam futbol assotsiatsiyasi

22:22. "Yilning eng yaxshi federatsiyasi" bo'lish uchun "Oltin" yo'nalishi g'olibi - Gong Kong futbol assotsiatsiyasi

22:24. "Yilning eng yaxshi federatsiyasi" bo'lish uchun "Olmos" yo'nalishi g'olibi - Livan futbol assotsiatsiyasi

22:25. "Yilning eng yaxshi federatsiyasi" bo'lish uchun "Platinum" yo'nalishi g'olibi - O'ZBEKISTON FUTBOL ASSOTSIATSIYASI!

22:31. "Yilning eng yaxshi mintaqaviy futbol federatsiyasi" yo'nalishi g'olibi -  Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi

22:32. "Bolalar futbolini rivojlantirishda yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi" bo'lish uchun "Bronza" yo'nalishi g'olibi - Hindiston futbol federatsiyasi

22:34. "Bolalar futbolini rivojlantirishda yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi" bo'lish uchun "Kumush" yo'nalishi g'olibi - Guam futbol assotsiatsiyasi

22:36. "Bolalar futbolini rivojlantirishda yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi" bo'lish uchun "Oltin" yo'nalishi g'olibi - Avstraliya futboli

22:41. "Yilning eng yaxshi hakamlari" - Kristofer Beat (Avstraliya), Anton Shetinin (Avstraliya), Eshli Bicham (Avstraliya), Ammr al-Najebi (BAA)

22:42. "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" - Kuryu Matsuki (Yaponiya)

22:42. "Yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi" - Maika Xamano (Yaponiya)

22:42. "Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi" - Shui Kingsia (Xitoy)

22:44. "Yilning eng yaxshi erkak murabbiyi" - Xajime Moriyasu (Yaponiya)

22:47. "Yilning eng yaxshi futzalchisi" - Muslim Oladgobad (Eron)

22:57. "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" - Samanta Kerr (Avstraliya)

23:02. "Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi" - Salim al-Davsari (Saudiya Arabistoni)

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia