Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasining 4-turida Belgiyani tor-mor etdi, Oliseda - dubl

Aslanov Jasurbek
6 okt 2026, 01:50
Sen-Denidagi uchrashuvda maydon egalari yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.

Milliy terma jamoalar o'rtasidagi Millatlar ligasi (A ligasi) guruh bosqichining 4-turidan o'rin olgan Fransiya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O'yin Fransiyaning Sen-Deni shahridagi "Stad de Frans" stadionida bo'lib o'tdi. Bahsda shotlandiyalik Nik Uolsh bosh hakamlik qildi. Uchrashuvda maydon egalari 4:1 hisobida yirik g'alabani nishonlashdi.

Uchrashuvdagi birinchi golni 35-daqiqada Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Dodi Lukebakio urdi. Francuzlar hujumchisi Dezire Due 77-daqiqada hisobni tenglashtirdi, 81-daqiqada esa Rayan Sherki mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 88-daqiqada Maykl Olise gol urdi. 90+1-daqiqada esa Olise dublni rasmiylashtirdi - 4:1.

Fransiya - Belgiya 4:1
Gollar:
Due 77, Sherki 81, Olise 88, 90+1 - Lukebakio 35.

Fransiya: Rest, Diuf, Lakrua, Yoro, Kunde, Kone, Kamavinga, Akliush, Barkola, Lepol, Dembele.

Belgiya: Vandevordt, Kastan, Ngoy, Mexele, Seys, Vanaken, Lukebakio, Lavia, Raskin, Moreyra, Lukaku.

To'rtta o'yindan so'ng Fransiya terma jamoasi 10 ochko jamg'arib, 1-guruh turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Belgiya esa olti ochko to'plagan holda uchinchi pog'onada bormoqda.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia