Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
6 okt 2026, 01:55
Bolonyadagi uchrashuvda maydon egalari ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.

UEFA Millatlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsum guruh bosqichining 4-turidan o'rin olgan Italiya va Turkiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Ushbu o'yinda Italiya 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bahs Bolonyadagi "Renato Dall'Ara" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda polshalik Shimon Marcinyak bosh hakamlik qildi.

26-daqiqada Djanluka Skamakka ushbu o'yinda hisobni ochdi va Italiya terma jamoasini oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada Aral Shimshir javob to'pini kiritdi. 65-daqiqada Rikkardo Kalafori italiyaliklarning ikkinchi golini urdi. Franchesko Espozito esa 87-daqiqada hisobdagi farqni oshirdi - 3:1.

Ushbu o'yindan so'ng Italiya terma jamoasi etti ochko bilan A ligasi 1-guruh turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Turkiya esa ochko to'play olmagan holda turnir jadvalini yakunlab bermoqda.

Italiya - Turkiya 3:1
Gollar
: Skamakka 26, Kalafori 61, Espozito 87 - Shimshir 61.

Italiya: Donnarumma, Di Lorenco, Manchini, Bastoni, Rudjeri, Barella, Romano, Dumbiya, Vergara, Skamakka, Maldini.

Turkiya: Chakyr, Kadiog'lu, Kabak, Bardakji, Chelik, Kahvedji, O'zdjan, Yuksek, Elmali, Akgyun, Shimshir.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia