Odil Ahmedov: "Eto`O bilan yana bir maydonda o'ynash qiziq bo'ladi"

Nadirkhuja Yuldashev
29 avg 2014, 18:30
Bugun bo'lib o'tgan qur'a tashlash marosimidan keyin Odil Ahmedov "Krasnodar" o'rin olgan guruh haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- "Krasnodar" turnir debyutanti bo'lsa-da, pley-off bosqichida nimalarga qodirligini ko'rsata oldi. Jamoamizda tajribali futbolchilar yig'ilgan. Biz musobaqaning eng kuchli guruhiga tushdik. Bu guruhdagi barcha jamoalar keyingi bosqichga chiqish uchun birdek imkoniyatga egalar.

- "Anji" safida ikki yil Yevropa Ligasida to'p tepdingiz. Angliya va Germaniya jamoalaridan qaysi biri musobaqaga ko'proq ahamiyat qaratadi?
- Har biri. Kuchli beshlik ishtirokchilariga qarshi hamma o'yin qiziqarli bo'ladi. Ayniqsa, "Everton" bilan o'yin qiziq bo'lsa kerak. Samuel Eto`O bilan yana birga maydonga tushishimdan xursandman. Endi maydonda raqibmiz, bu qiziq bo'lsa kerak.



Ahmedovning aynan shu pasidan keyin ispanlar darvozasi uchinchi marotaba ishg'ol qilindi


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia